fbpx Betguru » Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi Finalissima bahsi o‘tkazilmasligi mumkin
Monday, 2 March 2026
← Go to the news

Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi Finalissima bahsi o‘tkazilmasligi mumkin

Qatardagi xavfsizlik vaziyati sabab nufuzli uchrashuv taqdiri noaniq bo‘lib qolmoqda.

Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi Finalissima bahsi o‘tkazilmasligi mumkin

Yevropa chempioni Ispaniya hamda Amerika Kubogi g‘olibi Argentina o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Finalissima bahsi xavf ostida qolmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 27-mart kuni Qatarda tashkil etilishi kerak bo‘lgan uchrashuv mintaqadagi harbiy harakatlar fonida noaniq holatga kelib qolgan. Qatarda barcha futbol musobaqalari va o‘yinlar keyingi ogohlantirishgacha vaqtincha to‘xtatilgani aytilmoqda.

Aynan ushbu mamlakatda Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasida sovrin uchun bahs o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Avvalroq AQSh tomonidan Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng mintaqadagi vaziyat keskinlashgani haqida xabarlar tarqalgan. Shu sabab ayrim manbalarda Eron milliy jamoasi ham jahon chempionatidagi ishtirokidan voz kechishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

image