← Go to the news
02.03.2026
4
Futbol
Flik «Barselona» tarixida 100 ta bahsda eng ko’p g‘alaba qayd etgan murabbiylar orasida 2-o‘ringa chiqdi
Kataloniya klubi bosh murabbiyi o’tkazgan o‘yinlarining 75 foizida g‘alaba qozongan.
Flik «Barselona» tarixida 100 ta bahsda eng ko’p g‘alaba qayd etgan murabbiylar orasida 2-o‘ringa chiqdi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klub tarixida kamida 100 ta bahsda jamoani boshqargan mutaxassislar orasida g‘alabalar foizi bo‘yicha ikkinchi natijani qayd etmoqda.
Statistikaga ko‘ra, germaniyalik murabbiy «Barselona» boshqaruvida o‘yinlarning 75 foizida g‘alaba qozongan.
Mazkur reytingning kuchli beshligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Luis Enrike — 76,2%
- Hans-Diter Flik — 75%
- Pep Gvardiola — 72,5%
- Elenio Errera — 70,6%
- Ernesto Valverde — 66,9%
Ayni paytda «Barselona» Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda. Jamoa 26-turdan so‘ng 21 ta g‘alaba qayd etgan bo‘lsa, «Real» bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 4 ochkoga ortda bormoqda.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan