Saloh golsiz seriya bo‘yicha «Liverpul»dagi shaxsiy antirekordini yangiladi
Misrlik vinger APLda 1 noyabrdan beri gol urolmayapti.
Saloh golsiz seriya bo‘yicha «Liverpul»dagi shaxsiy antirekordini yangiladi
«Liverpul» vingeri Muhammad Saloh Angliya chempionatida qatorasiga 9 ta o‘yindan beri gol ura olmayapti.
Misrlik futbolchi APLda so‘nggi bor 1 noyabr kuni «Aston Villa»ga qarshi bahsda (2:0) to‘p kiritgandi.
Bunday ko‘rsatkich 33 yoshli futbolchining «Liverpul» safida Angliya chempionatidagi eng uzoq seriyasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni «Liverpul» APL 27-turi doirasida mehmonda «Nottinghem Forest»ga qarshi o‘yin o‘tkazib, bahsning so‘nggi soniyalarida urilgan gol evaziga qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi. Saloh asosiy tarkibda maydonga tushdi va 77-daqiqada zaxiraga olindi.
Bu mavsumda vinger barcha turnirlar doirasida 27 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan