Vinisius Ispaniyadagi 10 ta stadionda 26 bor irqiy kamsitishga uchragan
Bu borada soʻnggi 5,5 yil ichidagi raqamlar maʼlum qilindi.
Vinisius Ispaniyadagi 10 ta stadionda 26 bor irqiy kamsitishga uchragan
Vinisius soʻnggi 5,5 yil ichida 20 dan ortiq irqchilik holatlariga duch kelgan.
Bu haqda The Athletic nashri La Liga maʼlumotlariga tayangan holda xabar berdi.
Liga maʼlumotiga koʻra, 2021 yil oktyabridan boshlab «Real»ning braziliyalik vingeriga nisbatan irqiy kamsitish bilan bogʻliq 26 ta holat qayd etilgan. Vinisius bunday munosabatga Ispaniyadagi 10 ta stadionda duch kelgan.
Eslatib oʻtamiz, 25 yoshli futbolchi Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi bilan «Benfika» (1:0) bilan oʻyinda ham shunday vaziyatga tushdi. Vini raqib yarimhimoyachisi Janluka Prestiani uni «maymun» deb ataganini aytgach, bellashuv toʻxtab qoldi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan