fbpx Betguru » Ispaniya kubogi. Basklar derbisida «Real Sosiedad» g’alaba qozondi
Friday, 20 February 2026
← Go to the news

Ispaniya kubogi. Basklar derbisida «Real Sosiedad» g’alaba qozondi

«Atletik» yarimfinalning birinchi o’yinida o’z uyida yutqazdi.

Ispaniya kubogi. Basklar derbisida «Real Sosiedad» g’alaba qozondi

Ispaniya kubogi dastlabki yarimfinalining birinchi o’yinida — basklar derbisida «Atletik» va «Real Sosiedad» o’zaro to’qnash keldi. Bellashuvda Turrientesning yagona goli mehmonlarga g’alaba keltirdi va finalga yaqinlashtirdi.

Javob bahsi 4 mart kuni San-Sebastianda o’tkaziladi.

Eslatib o’tamiz, ikkinchi yarimfinalda «Barselona» «Atletiko» bilan o’ynaydi.

Ispaniya kubogi
Yarimfinal. Birinchi o’yin
Atletik — Real Sosiedad 0:1
11 fevral, «San Mames»
Gol: Turrientes (62).
Atletik — Padilla, Leke, Monreal, Laport, Boiro, Xauregisar (Vesga, 82), Rego (de Galareta, 56), I.Uilyams (N.Uilyams, 56), Gomes (Sanches, 56), Navarro (Serrano, 56), Guruseta.
Real Sosiedad — Remiro, Aramburu (Elustondo, 74), Martin, Chaleta-Sar, Gomes, Gorrochategi, Turrientes (Oskarsson, 74), Marin (Odriozola, 85), Soler (Errera, 85), Gedesh (Ochiyeng, 90), Oyarsabal.
Ogohlantirishlar: Gedesh (58), de Galareta (66), Oyarsabal (90+6)

image