Italiya kubogi. «Latsio» amaldagi chempionni penaltilar seriyasida mag’lub etib, yarimfinalga yo’l oldi
Yarimfinal juftliklari ma’lum.
Italiya kubogi. «Latsio» amaldagi chempionni penaltilar seriyasida mag’lub etib, yarimfinalga yo’l oldi
Italiya kubogi 1/4 finalidan o’rin olgan so’nggi bahsda amaldagi chempion «Bolonya» o’z uyida «Latsio»ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Endi Sarri jamoasi final yo’llanmasi uchun «Atalanta»ga qarshi o’ynaydi. Ikkinchi yarimfinalda «Inter» va «Komo» o’zaro to’qnash keladi.
Italiya kubogi. 1/4 final
Bolonya — Latsio 1:1
Penaltilar seriyasi — 1:4.
11 fevral, «Renato dal’Ara»
Gollar: Kastro (30) — Noslin (48).
Bolonya — Skorupski, Zortea, Vitik, Lukumi (Helland, 80), Miranda, Moro (Froyler, 62), Fergyuson, Orsolini, Odgor (Som, 70), Kambiyagi (Bernardeski, 70), Kastro (Dallinga, 80).
Latsio — Provedel, Marushich, Xila, Romanioli, Pellegrini (Tavaresh, 79), Dele-Bashiru, Rovella (Kataldi, 61), Teylor, Isaksen (Kancheleri, 79), Pedro, Maldini (Dia, 61).
Ogohlantirishlar: Xila (9), Kastro (47), Miranda (74), Tavaresh (86), Vitik (90+1).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan