APL. Van Deykning goli «Liverpul»ga «Sanderlend» ustidan g’alaba keltirdi
«Byornli» esa «Kristal Pelфs»ga 7 daqiqada 3 ta gol urib, mag’lubiyatni g’alabaga aylantirdi.
APL. Van Deykning goli «Liverpul»ga «Sanderlend» ustidan g’alaba keltirdi
Angliya Premer-ligasining 26-turida amaldagi chempion «Liverpul» (42, 6-o’rin) safarda «Sanderlend» (36, 11-o’rin) ustidan qiyin g’alabani qo’lga kiritdi. Van Deykning goli mersisaydliklarga 3 ochko keltirdi. Slot jamoasi mezbonlarning uyidagi 12 o’yinlik mag’lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.
Turning yana bir o’yinida «Byornli» (18, 19-o’rin) kutilmaganda «Kristal Pelas» (32, 13-o’rin) maydonida 7 daqiqada 3 ta gol urib, mag’lubiyatni g’alabaga aylantirdi.
APL. 26-tur. 11 fevral
Sanderlend — Liverpul 0:1
Gol: van Deyk (61).
Sanderlend — Rufs, Mukiele, Ballard, Alderete (Gertruyda, 80), Mandava, Le Fe, Sadiki, Ham (Mandl, 80), Diarra (Izidor, 90+2), Angulo (Talbi, 80), Brobbi.
Liverpul — Alisson, Endo (Gomes, 69), Konate, van Deyk, Robertson, Gravenberh, Mak Allister, Saloh, Virts, Gakpo (Jons, 75), Ekitike (Kieza, 88).
Ogohlantirish: Mandava (24).
Kristal Pelas — Byornli 2:3
Gollar: Larsen (17, 33) — Mejbri (40), Entoni (44), Lerma (45+2, avtogol).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan