U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi, Oʻzbekiston D guruhidan joy oldi
Ushbu guruhda Avstraliya, Hindiston va KXDR oʻzbekistonlik futbolchilarga qarshi bahs olib boradi.
U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi, Oʻzbekiston D guruhidan joy oldi
17 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Unga ko’ra, Oʻzbekiston U-17 jamoasi D guruhidan joy oldi.
U-17 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston U-17 jamoasi D guruhidan joy oldi
Foto: AFC
Ushbu guruhda Avstraliya, Hindiston va KXDR oʻzbekistonlik futbolchilarga qarshi bahs olib boradi. Ilk bellashuv KXDR U-17 jamoasi bilan kechadi. So’ngra 2-turda Hindiston va oxirgi o’yinda Avstraliya O’zbekiston o’smirlari bilan kuch sinashadi.
U-17 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston U-17 jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlar taqvimi
Foto: O’FA
Ma’lumot o’rnida, musobaqa shu yilning 7-24 may kunlari Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadi. Avvalroq Oʻzbekiston U-17 jamoasi Belarusda oʻtkaziladigan «Rivojlanish kubogi»da qatnashishi ma’lum qilingan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan