fbpx Betguru » “Inter Mayami” Messining jarohati bo‘yicha yangilangan ma’lumotni e’lon qildi
Friday, 20 February 2026
← Go to the news

“Inter Mayami” Messining jarohati bo‘yicha yangilangan ma’lumotni e’lon qildi

Leoning mashg‘ulotlarga qaytishi yaqin kunlardagi holatiga bog‘liq bo‘ladi.

“Inter Mayami” Messining jarohati bo‘yicha yangilangan ma’lumotni e’lon qildi

“Inter Mayami” jamoa sardori Lionel Messining jarohati bo‘yicha Baptist Health tomonidan taqdim etilgan yangilangan ma’lumotni e’lon qildi.

“Messi 11 fevral, chorshanba kuni mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. U Ekvadorda “Barselona” SKga qarshi o‘yinda olgan chap oyoq orqa son qismidagi jarohati sabab hamon tiklanish jarayonida.

Futbolchi qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tdi va tashxis tasdiqlandi. Uning mashg‘ulotlarga bosqichma-bosqich qaytishi yaqin kunlardagi holatiga bog‘liq bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq “Inter Mayami”ning o‘rtoqlik o‘yini Messining jarohati sabab boshqa sanaga ko‘chirilgani ma’lum qilingandi.

image