fbpx Betguru » Yamal «Oltin to‘p» haqida: «Bu sovrin haqida o‘ylamayman»
Tuesday, 10 February 2026
← Go to the news

Yamal «Oltin to‘p» haqida: «Bu sovrin haqida o‘ylamayman»

«Barselona» vingeri Lamin Yamal individual sovrinlardan ko‘ra jamoaviy g‘alabalarni ustun qo‘yishini aytdi.

Yamal «Oltin to‘p» haqida: «Bu sovrin haqida o‘ylamayman»

«Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal 2025 yilgi «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagani borasida fikr bildirdi.

Native Network
Mazkur sovringa «PSJ» hujumchisi Usman Dembele loyiq topilgan edi. Shunga qaramay, Yamal individual mukofotlar uning uchun ustuvor emasligini ta’kidladi.

«Men bu haqda o‘ylamayman. Ushbu mukofot haqida o‘ylash javob bermaydi. Hammasi siz qanday sovrinlarni yutishingiz, qanday o‘ynashingiz va kim ovoz berishiga bog‘liq. Bu faqat sizning o‘yiningiz bilangina belgilanmaydi.

Men shunchaki futbol o‘ynashdan zavq olishni, «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi bilan g‘alaba qozonishni istayman», — dedi Yamal.

Ma’lumot uchun, «Barselona» ayni paytda La Liga turnir jadvalida 55 ochko to’plagan holda peshqadam bo’lib turibdi.

image