fbpx Betguru » «Liverpul» Rufsni o’z safiga qo’shib olmoqchi
Wednesday, 11 February 2026
← Go to the news

«Liverpul» Rufsni o’z safiga qo’shib olmoqchi

Uning jamoa bilan amaldagi bitimi 2030 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.

«Liverpul» Rufsni o’z safiga qo’shib olmoqchi

«Sanderlend» darvozaboni Robin Rufs faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.

Manbaga ko’ra, «Liverpul» klubi niderlandiyalik 23 yoshli kipergaza qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Alissonga raqobatchi sifatida Rufsni kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, «Sanderlend» uni 60 million yevroga sotib yuborishga tayyor.

Eslatib o’tamiz, Robin 2025 yilda NEK klubidan «qora mushuklar» safiga kelib qo’shilgandi. Uning jamoa bilan amaldagi bitimi 2030 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.

Bu mavsumda darvozabon klub safida barcha turnirlarda 25 ta o’yin o’tkazib, 27 ta gol o’tkazib yubordi. Shuningdek, 8 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

image