fbpx Betguru » Los-Anjeles-2028: Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha litsenzion turnirga mezbonlik qiladi
Wednesday, 4 February 2026
← Go to the news

Los-Anjeles-2028: Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha litsenzion turnirga mezbonlik qiladi

Bu — bo‘lajak Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi 5 musobaqadan biri.

Los-Anjeles-2028: Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha litsenzion turnirga mezbonlik qiladi
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqalarga mezbon davlatlar aniqlab olindi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati

E’tiborli, Toshkent shahri 2027 yil o‘tkaziladigan jahon litsenzion turnirini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bu bo‘lajak Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi 5 musobaqadan biri bo‘lib, unda dunyoning eng kuchli atletlari jam bo‘ladi. Bellashuvlar «Olimpiya shaharchasi»da tashkil etilishi kutilmoqda.

image