← Go to the news
22.01.2026
325
Futbol
Turkiya Superligasi. Shomurodov 18-tur ramziy jamoasidan joy oldi
Eldor mazkur tur «Karagumryuk»ka qarshi o‘yinda jamoasining ilk goliga mualliflik qildi.
Turkiya Superligasi. Shomurodov 18-tur ramziy jamoasidan joy oldi
«Istanbul Bashakshehir» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov SofaScore talqiniga ko‘ra Turkiya Superligasining 18-tur ramziy jamoasidan joy oldi.
O‘zbekistonlik futbolchi mazkur turda «Karagumryuk» darvozasiga jamoasining ilk golini urdi hamda jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng Shomurodov portal mutaxassislari tomonidan 8 ballga loyiq ko‘rildi va uchrashuvda eng yuqori ball olgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Quyida tur ramziy jamoasi bilan tanishish imkoniga egasiz.
Turkiya Superligasining 18-tur ramziy jamoasi
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan