fbpx Betguru » FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston milliy jamoasi ikki pog‘ona pastladi
Friday, 23 January 2026
← Go to the news

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston milliy jamoasi ikki pog‘ona pastladi

Kannavaro boshqaruvidagi «oq bo‘rilar» Osiyo futbol konfederatsiyasi bo‘yicha FIFA reytingida 5-o‘rinni egallagan.

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston milliy jamoasi ikki pog‘ona pastladi

Bugun, 19 yanvar kuni FIFA reytinglari yangilandi.

Yangilangan reytingga ko‘ra O‘zbekiston milliy jamoasi ikki pog‘ona pastlab, 52-o‘rindan joy egalladi.

Oq bo‘rilar Osiyo futbol konfederatsiyasi bo‘yicha FIFA reytingida 5-o‘rinni egallagan. Yaponiya hamon Osiyoda yetakchi bo‘lib turibdi. «Kun chiqish yurt» vakillari 19-pog‘onada.

Afrika Millatlar kubogi finalchisi Marokash 8-o‘ringa ko‘tarildi. Senegal g‘alabadan so‘ng reytingda 7 pog‘ona yuqorilab, 12-o‘ringa chiqqan.

Reytingning TOP-10 jamoasi:
1.Ispaniya
2.Argentina
3.Fransiya
4.Angliya
5.Braziliya
6.Portugaliya
7.Niderlandiya
8.Marokash
9.Belgiya
10.Germaniya

image