fbpx Betguru » Mitoma APLda 100 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi
Friday, 23 January 2026
← Go to the news

Mitoma APLda 100 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Maya Yoshidaga tegishli.

Mitoma APLda 100 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi

«Brayton» yarimhimoyachisi Kaoru Mitoma APLda 100 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi.

Mitoma APL doirasidagi «Bornmut»ga qarshi o‘yinda (1:1) maydonga tushdi. Shu tariqa, 28 yoshli futbolchi Angliya chempionatida 100 ta uchrashuv o‘tkazgan tarixdagi uchinchi yaponiyalik futbolchi bo‘ldi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Maya Yoshidaga tegishli, u APLda 154 ta o‘yin o‘tkazgan. 2-o‘rindan esa Shinji Okazaki joy olgan (114 ta o‘yin).

Ma’lumot o‘rnida, Mitoma bu mavsum APL doirasida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 gol va 1 assist muallifi bo‘ldi. Avvalroq Mitoma «Brayton» qolish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

image