O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston U-19 jamoasi Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston U-19 jamoasi Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston U-19 jamoasi Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahs o’zbekistonlik yoshlarning 3:2 hisobidagi mag’lubiyati bilan yakunlandi.
O‘zbekiston jamoasi safida gollarga Abrayev va Shorahmedov mualliflik qildi.
Eslatib o’tamiz, Jamoliddin Raxmatullayev boshqaruvidagi jamoa yigʻinning ikkinchi qismini Turkiyada davom ettirmoqda. Yig‘in doirasida 14-yanvar kuni yana Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
O‘zbekiston yoshlari o‘yinni quyidagi boshlang‘ich tarkibda boshladi: Rustamjonov, Shorahmedov, Dilshodbekov, Najmiddinov, Musaxonov, Maratov, Tojiyev, Shukurullayev, Abrayev, Saidaliyev, To‘laganov.
Zaxirada: Abdutolipov, Ismatullayev, Xakimov, Zokirjonov, Bobomurodov, Abdusattorov, Tojiboyev, Jumadullayev, Abdumannopov, Erkinov, Abdusalomov.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan