fbpx Betguru » Rosenior hafta oxirida «Chelsi» bosh murabbiyiga aylanadi
Saturday, 10 January 2026
← Go to the news

Rosenior hafta oxirida «Chelsi» bosh murabbiyiga aylanadi

London klubini hafta o’rtasidagi o’yinda ham vaqtinchalik murabbiy boshqaradi.

Rosenior hafta oxirida «Chelsi» bosh murabbiyiga aylanadi

«Strasburg» ustozi Liam Rosenior hafta oxirigacha «Chelsi»ni bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda.

Sky Sports ma’lumotlariga ko’ra, Enco Mareska iste’foga chiqarilgach, «ko’klar» bosh murabbiyi vazifasini bajarib turgan Kalum Makfarleyn chorshanba kungi «Fulhem»ga qarshi o’yinda ham jamoani boshqaradi. U bungacha «Manchester Siti»ga qarshi bellashuvda (1:1) vaqtincha murabbiy bo’lgandi.

Rosenior shanba kuni bo’lib o’tadigan Angliya kubogining 3-bosqichidagi «Charlton»ga qarshi o’yin oldidan «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobs yozishicha, London klubi bilan muzokaralar olib borgan Rosenior seshanba kuni ertalab matbuot anjumani o’tkazish uchun Fransiyaga qaytadi. Taxminlarga ko’ra, angliyalik 41 yoshli mutaxassis «Chelsi»ga o’tishidan oldin «Strasburg» bilan xayrlashadi

image