Garsiya: «Muxlislarning tik turib qarsak chalishi — bu umrbod esda qoladigan lahza»
«Real» hujumchisi «Betis»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Garsiya: «Muxlislarning tik turib qarsak chalishi — bu umrbod esda qoladigan lahza»
«Real» hujumchisi Gonsalo Garsiya La Liganing 19-tur doirasidagi «Betis»ga qarshi o‘yin (5:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Juda ajoyib oqshom. Yil shunday tarzda boshlanganidan juda xursandman. Bu — «Bernabeu»dagi ilk xet-trikim va bu mavsumdagi dastlabki gollarim.
Hayajondaligimni yashira olmayman va bu men uradigan ko‘plab gollarning dastlabkisi bo‘lishiga umid qilaman. Faqat bitta golni tanlashning iloji yo‘q. «Real» muxlislari oldida ilk bor xet-trik qildim.
Har bir gol alohida ahamiyatga ega va men juda baxtiyorman. Ayrim yigitlar hali to‘pga imzo qo‘yishga ulgurmadilar, yana bir necha imzo so‘rashimga to‘g‘ri keladi. Biroq har biridan minnatdorman, chunki ularsiz bugungi gollarimning hech biri bo‘lmas edi.
Men bolaligimdan «Real» muxlisiman, akademiyada ko‘p yillar o‘tkazganman. Shuning uchun muxlislarning tik turib qarsak chalishi — bu umrbod esda qoladigan lahza bo‘ldi. Oldinda yana ko‘plab gollar, yanada ko‘proq g‘alabalar bo‘lishiga va bu yil barchamiz uchun omadli kelishiga ishonaman.
Ishonchli g‘alaba qo‘lga kiritdik va bu barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Endi «Atletiko»ga qarshi navbatdagi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz», — dedi Garsiya.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan