Kapello JCH-2026 favoritlari va Italiya futboli muammosini aytdi
Italiyalik mutaxassis 4 ta grand jamoani e’tirof etdi.
Kapello JCH-2026 favoritlari va Italiya futboli muammosini aytdi
Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello 2026 yildagi jahon chempionatida g’alaba qozonish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo’lgan jamoalar haqida o’z fikri bilan o’rtoqlashdi.
— Bu yozda jahon chempionati bo’lib o’tadi. Sizningcha, qaysi jamoaning imkoniyatlari eng yuqori?
— Yaxshi savol. Menga Ispaniya juda yoqadi, shuningdek Fransiya ham doim kuchli — ularda Mbappe bor, bundan tashqari yana ko’plab yaxshi futbolchilar mavjud. Angliya milliy jamoasi ham shular jumlasidan, ular juda yaxshi natijalar ko’rsatmoqda. Braziliyani Anchelotti bilan qanday o’ynashini ham ko’ramiz.
— Mart oyida pley-off o’yinlarini o’tkazishi kerak bo’lgan Italiya milliy jamoasining holatini qanday tushuntirasiz? Bu ular bilan bir necha bor sodir bo’lgan. Yani, jahon chempionatiga yo’llanma olish masalasi yana xavf ostida.
— «Milan»ning asosiy tarkibida atigi bir nafar italiyalik bor; «Yuventus»da ikki; «Inter»da — to’rt yoki besh; «Roma»da esa ikki yoki uch nafar. Gapning butun mohiyati shunda. Kelajakka qaraydigan bo’lsak, bizda imkoniyatlar unchalik ko’p emas. Mashg’ulotlar tizimi muvaffaqiyatsiz: juda ko’p taktika va juda kam futbol. Italiya muammosi ham shunda.
12 yoshli bolalar allaqachon taktika o’rganishmoqda — hozir taktika nima uchun kerak? Pas berish kerak, yana pas berish kerak, to’pni nazorat qilish va shunchaki futbolni bilish lozim, — deya Kapelloning so’zlarini keltiradi Marca.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan