Turkiya superkubogi. «Galatasaroy» Onana darvozasiga 4 ta gol urib, finalga chiqdi
Ikkinchi yarimfinalda «Fenerbahche» «Samsunspor» bilan o’ynaydi.
Turkiya superkubogi. «Galatasaroy» Onana darvozasiga 4 ta gol urib, finalga chiqdi
Turkiya superkubogining birinchi yarimfinalida mamlakat chempioni «Galatasaroy» «Trabzonspor»ga qarshi bahs yuritib, yirik hisobda g’alaba qozondi.
Ikkinchi yarim finalda 6 yanvar kuni «Fenerbahche» «Samsunspor» bilan o’ynaydi.
Turkiya superkubogi
Galatasaroy — Trabzonspor 4:1
5 yanvar. Gaziantep
Gollar: Yilmaz (38), Elmali (45+3), Akgun (63), Ikardi (85) — Augusto (55).
Galatasaroy — Chaqir, Shallai, Sanches (Lemina, 79), Bardakchi, Elmali (Karatas, 71), Gundo’g’an (Torreyra, 61), Sara, Sane, Akgun (Ayhan, 71), Yilmaz (Kutuju, 79), Ikardi.
Trabzonspor — Onana, Pina (Kanak, 88), Saatchi, Batagov, To’fon, Bushuari, Zubkov (Malkocho’g’li, 87), Muchi, Folkarelli, Olaygbe (Nvakaeme, 77), Augusto (Chaqiro’g’li, 90+3).
Ogohlantirishlar: Sara (28), Batagov (51), Saatchi (90).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan