fbpx Betguru » Frank: «Men 100 foiz ishonamanki, «Tottenhеm»da katta natijalarga erishamiz.
Monday, 29 December 2025
← Go to the news

Frank: «Men 100 foiz ishonamanki, «Tottenhеm»da katta natijalarga erishamiz.

«Shporlar» klubi bosh murabbiyi jamoaning APLdagi ahvoli haqida fikr bildirdi.

Frank: «Men 100 foiz ishonamanki, «Tottenhеm»da katta natijalarga erishamiz.

Londonning «Tottenhеm» klubi bosh murabbiyi Tomas Frank jamoaning APLdagi ahvoli haqida fikr bildirdi. So‘nggi sakkiz o‘yinda London klubi faqat bir g‘alaba qo‘lga kiritgan va hozirda jamoa turnir jadvalida 14-o‘rinda turibdi.

«Men «Tottenhеm»da murabbiylik qilish imkoniyatidan juda xursandman. O‘ylaymanki, men bu vazifaga munosibman. Klub boshqaruviga kelganimda oldimda qiyin yo‘l turganini yaxshi tushunardim, ammo shu bilan birga, men optimistman va har doim yaxshilikka ishonaman. Mening fikrimcha, bu yerda biz katta natijalarga erishamiz. Ammo aniq maqsadga erishish uchun barchasini qurishga vaqt talab etiladi», — dedi Frank.

Ma’lumot uchun, 17 turdan so‘ng «Tottenhеm» 22 ochko bilan APL turnir jadvalida 14-o‘rinda turibdi.

image