fbpx Betguru » A Seriya. «Kremoneze» — «Napoli» uchrashuvining asosiy tarkiblari e’lon qilindi
Monday, 29 December 2025
← Go to the news

A Seriya. «Kremoneze» — «Napoli» uchrashuvining asosiy tarkiblari e’lon qilindi

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
A Seriya. «Kremoneze» — «Napoli» uchrashuvining asosiy tarkiblari e’lon qilindi

Bugun, 28-dekabr kuni Italiya A Seriyasining 17-turi doirasida «Kremoneze» va «Napoli» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Kremonadagi «Jovanni Zini» stadionida o‘tkaziladi va Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Ayni damda «Kremoneze» A Seriya turnir jadvalida 16 o‘yindan so‘ng 21 ochko jamg‘argan. «Napoli» esa 31 ochko bilan yuqori pog‘onalardan birida bormoqda. So‘nggi turda «Kremoneze» «Latsio» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, neapolliklar «Udineze»ga 0:1 hisobida yutqazgan edi.

A Seriya. 17-tur
«Kremoneze» — «Napoli»
28-dekabr. 19:00

Jamoalarning asosiy tarkiblari:

Kremoneze: Audero, Pezzella, Barbieri, Baskirotto, Zerbin, Vardi, Bianchetti, Terracciano, Payero, Grassi, Sanabriya.
Napoli: Milinkovich-Savich, Di Lorenso, Rahmoni, Jezus, Politano, Lobotka, Spinatsola, Maktominay, Neres, Elmas, Hoylund.

image