fbpx Betguru » Holand: «Angliya pasportini olishni istardim»
Monday, 29 December 2025
← Go to the news

Holand: «Angliya pasportini olishni istardim»

Holand: «Angliya pasportini olishni istardim»

«Manchester City» hujumchisi Angliyadagi hayoti va mamlakat fuqaroligini olish istagi haqida fikr bildirdi.

Holand: «Angliya pasportini olishni istardim»

«Manchester City» hujumchisi Erling Holand Angliyadagi hayoti va mamlakat fuqaroligini olish istagi haqida fikr bildirdi.

«Buyuk Britaniyada o’zimni xuddi uyimdagidek his qilaman. Onam Angliyani, uning an’analari va muhitini juda yaxshi ko’radi. Ota-onam ham men tug’ilishimdan oldin bu yerda yaxshi vaqt o’tkazgan, hozir esa men ham bu yerda o’zimni juda yaxshi his qilyapman.

«Manchester City»ga o’tishdan oldin ham Manchesterda bir necha bor bo’lganman. O’shanda ham Angliya menga yoqqandek tuyilgan. Norvegiyaliklar bilan angliyalar o’xshash tomonlarga ega, deb o’ylayman. Bu yerdagi muhit juda yoqimli, men o’zimni hotirjam his qilaman. Buni so’z bilan tushuntirish qiyin.

Angliya pasportini olishni istardim» — dedi Holand klub matbuot xizmatiga.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Holand barcha musobaqalarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi

image