← Go to the news
29.12.2025
3
Futbol
Eron chempionati. «Istiqlol» o’z uyida yutqazib qo’ydi
5 oylik tanaffusdan so’ng qaydnomaga qaytgan Masharipov zaxirada qoldirildi.
Eron chempionati. «Istiqlol» o’z uyida yutqazib qo’ydi
Eron chempionatining 15-turida «Istiqlol» Tehronda «Gol Gohar»ni qabul qilib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlar safida 5 oylik tanaffusdan so’ng qaydnomaga qaytgan o’zbekistonlik yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov zaxirada qoldirildi.
4 o’yindan beri g’alaba nimaligini bilmayotgan «Istiqlol» 22 ochko bilan 6-pog’onaga tushib ketdi. «Gol Gohar» ochkolarini 23 taga yetkazib, 4-pog’onaga ko’tarildi.
Eron proligasi. 15-tur
Istiqlol — Gol Gohar 0:1
28 dekabr, «Ozodi»
Gol: Shahrabadi (37).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan