fbpx Betguru » «Yuventus» va «Inter» Nevesh uchun da’vogarlik qilmoqda
Friday, 26 December 2025
← Go to the news

«Yuventus» va «Inter» Nevesh uchun da’vogarlik qilmoqda

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.

«Yuventus» va «Inter» Nevesh uchun da’vogarlik qilmoqda

«Al Hilol» yarimhimoyachisi Ruben Nevesh faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Caught Offside nashri xabar berishicha, «Yuventus» va «Inter» jamoalari portugaliyalik 28 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Klublar uning vakillari bilan allaqachon muzokaraga kirishgan.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» ham Nevesh uchun da’vogarlik qilmoqda.

Futbolchining «Al Hilol» bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.

image