fbpx Betguru » Ronaldu sakkiz million yevroga ko‘chmas mulk sotib oldi
Friday, 26 December 2025
← Go to the news

Ronaldu sakkiz million yevroga ko‘chmas mulk sotib oldi

Krishtianu Ronaldu Qizil dengizdagi Nujuma orolidan ikkita villa xarid qildi.

Ronaldu sakkiz million yevroga ko‘chmas mulk sotib oldi

Portugaliya milliy jamoasi va «An Nassr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yirik xaridni amalga oshirdi. Mashhur futbolchi Qizil dengizda joylashgan Nujuma orolidan umumiy qiymati 8 million yevro bo‘lgan ikkita villani sotib oldi.

«Men uchun bu joy alohida ahamiyatga ega. Bu yerga ilk bor kelganimizda Jorjina bilan orol bilan kuchli bog‘liqlikni his qildik. Bu yerda tabiat nihoyatda go‘zal. Aynan shu joyda biz xotirjamlik topamiz», — deya 40 yoshli futbolchining so‘zlarini Goal.com keltirdi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu 2023 yil boshidan buyon Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p surib kelmoqda. Futbolchining «An Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Ronaldu hozirda 12 million yevroga baholanmoqda.

image