«Bavariya» Gnabri bilan kelishuvga erishdi – Bild
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
«Bavariya» Gnabri bilan kelishuvga erishdi – Bild
«Bavariya» klubi hujumchi Serj Gnabri bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar yangi ikki yillik shartnomani imzolashga tayyor. Gnabrining maoshi yiliga 15-16 million yevro etib belgilangan.
Eslatib o’tamiz, Serj 2017 yilning yozida «Verder»dan Myunxen klubi safiga kelib qo’shilgan. 2022 yilning yozida u shartnomasini uzaytirgandi.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
Bu mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 18 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 22 mln yevroga teng.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan