fbpx Betguru » «Milan» Menyanni jamoada saqlab qolish uchun yiliga 5 million yevro maosh taklif qilishga tayyor
Wednesday, 10 December 2025
← Go to the news

«Milan» Menyanni jamoada saqlab qolish uchun yiliga 5 million yevro maosh taklif qilishga tayyor

Darvozabonning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum so’ngida yakunlanadi.

«Milan» Menyanni jamoada saqlab qolish uchun yiliga 5 million yevro maosh taklif qilishga tayyor
«Milan» sport direktori Igli Tare mavsum so’ngida shartnomasi yakunlanadigan jamoa darvozaboni Mike Menyanning kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Menyanning hammasi yaxshi, kutganimizdek. U ajoyib mavsum o’tkazyapti. Biz mavsum boshida kelishuvga erishganmiz. Hozircha bir-birimizga bosim o’tkazmasdan ishlayapmiz. Avvalo oldindagi o’yinlarga e’tibor qaratamiz, keyin esa vaziyat qanday rivojlanishini ko’ramiz», — dedi Tare La Gazzetta dello Sport nashriga.

Ma’lumotlarga ko’ra, «Milan» Menyanga yiliga 5 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Ammo darvozabon yanada ko’proq maosh kutmoqda.

Ayni vaqtda fransiyalik posbonga «Bavariya» va bir qator Angliya klublari qiziqish bildirmoqda.

image