La Liga. «Real» safarda «Atletik»ni ayab o’tirmadi, Mbappedan ikki gol va bir assist (videosharh)
Madridliklar chempionatdagi 3 o’yinlik g’alabasiz seriyasiga nuqta qo’ydi.
La Liga. «Real» safarda «Atletik»ni ayab o’tirmadi, Mbappedan ikki gol va bir assist (videosharh)
Ispaniya chempionati 19-turidan o’rin olgan «Atletik» va «Real» uchrashuvi yakuniga yetdi.
Unda Alonso boshqaruvidagi madridliklar yirik 3:0 hisobida g’alaba qozondi. Dastlab Mbappe 7-daqiqada hisobni ochdi. 42-daqiqada esa Kamavinga Kilianning uzatmasidan so’ng hisobni 2:0 ko’rinishiga keltirdi. 59-daqiqada esa Mbappe ikkinchi goliga mualliflik qildi va jamoasining yirik g’alabasiga katta hissa qo’shdi.
Mazkur natijadan so’ng «Real» ochkolari sonini 36 taga yetkazib, 2-o’rindan joy olgan. «Atletik» esa 20 ochko bilan 8-o’rinda qayd etilgan.
La Liga. 19-tur
Atletik — Real 0:3
Gollar: Mbappe 7, 59 (dubl), Kamavinga 42.
Atletik — Simon — Lekue (Areso 46), Vivian, Laporte, Boiro — Galarreta (Gomes 46), Rego — Berenjer (Serrano 69), Jauregisar (Vesga 69), N. Uilyams (Buxan 78) — Guruseta.
Real — Kurtoa — Trent (Asensio 55), Militao (Gonsalo 78), Asensio, Karreras — Valverde, Chuameni, Kamavinga (Guler 69), Belling’em — Mbappe (Rodrigo 78), Vinisius (Brahim 78).
Ogohlantirishlar: Berenjer 66, Rego 76.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan