fbpx Betguru » Germaniya kubogi. «Bavariya» 5 ta gol urilgan bahsda keyingi bosqichga yo’l oldi va boshqa natijalar
Friday, 5 December 2025
← Go to the news

Germaniya kubogi. «Bavariya» 5 ta gol urilgan bahsda keyingi bosqichga yo’l oldi va boshqa natijalar

Uchrashuvda muxlislar 2 penaltidan urilgan gol va 2 avtogol muallifi bo’ldi.

Germaniya kubogi. «Bavariya» 5 ta gol urilgan bahsda keyingi bosqichga yo’l oldi va boshqa natijalar
Foto: The Sun
Germaniya kubogida 1/8 final bosqich o’yinlari davom ettirildi. Myunxenning «Bavariya» klubi Berlinda «Union»ni 3:2 hisobida mag’lub etdi.

Komanda safida gollarga Ansa (avt), Keyn va Leyte mualliflik qildi. Mezbonlarning ikki goli Kverfeld (pen, dubl) tomonidan kiritildi. Natijada myunxenliklar chorakfinalga yo’l oldi, «Union» esa turnirni tark etdi.

Shuningdek, «Frayburg» o’z maydonida «Darmstadt»ni 2:0 hisobida mag’lub etdi. Yana bir bellashuvda «Shtutgart» safarda «Boxum»dan 2:0 hisobida ustun keldi.

Germaniya kubogi. 1/8 final
Union — Bavariya 2:3
Gollar: Kverfeld 40 (pen), 55 (pen, dubl) — Ansa 12 (avt), Keyn 24, Leyte 45+4 (avt).

Union: Rennov – Leyte, Kverfeld, Duki – Rote (Nsoki, 88), Shefer (Burdju, 83), Xedira, Kemlyayn, Xabere – Ansa, Chon U Yong (Skarke, 83).

Bavariya: Noyer – Stanishich, Ta, Upamekano, Laymer – Pavlovich (Goretska, 49), Kimmix – Dias, Karl (Gnabri, 73), Olise (Kim, 86) – Keyn.

Frayburg — Darmstadt 2:0
Gollar: Grifo 42 (pen), Xoler 69.

Boxum — Shtutgart 0:2
Gollar: Strompf 12 (avt), Undav 47.

image