MLS pley-off bosqichi. «Inter Mayami» yarim finalga chiqdi, Messidan gol va 3 assist (videosharh)
Mayami klubi raqibi darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi.
MLS pley-off bosqichi doirasida «Inter Mayami» safarda «Tsinsinnati»ga qarshi uchrashuvini o’tkazdi.
Mazkur bahsda mayamiliklar yirik 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Messi uchrashuvda to‘liq harakat qildi va 1 gol hamda 3 assist muallifi bo‘ldi. Mezbonlarning yana uch goli Allende (dubl) va Silvetti nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, Mayami klubi pley-off bosqichining yarim finaliga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda Maskerano shogirdlari «Nyu-York Siti» bilan kuch sinashadi.
MLS pley-off bosqichi. 24 noyabr
Tsinsinnati — Inter Mayami 0:4
Gollar: Messi 19, Silvetti 57, Allende 62, 74 (dubl).
Inter Mayami — Rios Novo, Alba (Lujan 82), Allen (Avilles 71), Falkon, Veygandt, de Paul, Buskets, Allende (Suares 76), Rodriges (Segoviya 76), Messi, Silvetti (Brayt 82).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan