← Go to the news
26.11.2025
4
Futbol
Eze APL tarixidagi 400-het-trik muallifiga aylandi
Eberechi «Tottenhem»ga qarshi o’yinda raqib darvozasiga 3 ta to’p kiritdi.
Eze APL tarixidagi 400-het-trik muallifiga aylandi
«Arsenal» futbolchisi Eberechi Eze APL tarixida 400-het-trik qayd etgan futbolchi bo’ldi.
27 yoshli angliyalik vinger APLda bir o’yinda uch va undan ortiq gol urgani bilan «Arsenal»ning 23-futbolchisi bo’ldi. Qayd etish lozim, bu musobaqadagi rekord natija hisoblanadi.
Eslatib o’tamiz, Eze APLning 12-turida «Tottenhem»ga qarshi bellashuvda (4:1) raqib darvozasiga 3 ta to’p kiritdi.
Ma’lumot o’rnida, Arteta jamoasi ushbu bahsdan so’ng ochkolarini 29 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. Eng yaqin ta’qibchi «Chelsi»da esa 23 ochko bor.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan