← Go to the news
26.11.2025
4
Futbol
Ronaldu bu mavsum 16-o’yindagi 16-golini urdi
Krishtianu «Al Xalij»ga qarshi o’yinda akrobatik gol urishga muvaffaq bo’ldi.
Ronaldu bu mavsum 16-o’yindagi 16-golini urdi
«An Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldu mavsumdagi 16-golini urdi.
40 yoshli portugaliyalik hujumchi bu mavsumda klub va milliy jamoasi safida 16 ta golga mualliflik qildi. Krishtianu Saudiya Arabistoni chempionati 9-turida «Al Xalij»ga qarshi o’yinning 90+6-daqiqasida (4:1) akrobatik gol urishga muvaffaq bo’ldi.
Ma’lumot o’rnida, Ronaldu ushbu mavsum 16 ta o’yinda qatnashdi. U Portugaliya milliy jamoasi safida 5 marta, klubida esa 11 marta gol urishga erishdi.
Avvalroq Ronaldu Tramp bilan tushgan suratlarini namoyish qilgandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan