Messi 1300 ta golda ishtirok etgan tarixdagi ilk futbolchi bo’ldi
Leo «Cincinnati»ga qarshi kechgan bahsda 1 gol urib, 3 assist muallifi bo’ldi.
Messi 1300 ta golda ishtirok etgan tarixdagi ilk futbolchi bo’ldi
«Inter Miami» hujumchisi Lionel Messi 1300 ta golda ishtirok etgan tarixdagi ilk futbolchi bo’ldi.
38 yoshli forvard klublar va Argentina milliy jamoasi safida jami 1135 ta o’yin o’tkazib, 896 ta gol va 404 ta assist qayd etgan.
Bugun, 24 noyabr kuni Messi «Inter Miami»ning «Cincinnati»ga qarshi kechgan bahsda (4:0) 1 gol urdi va 3 assist muallifi bo’ldi. Uning hisobida «Barcelona» safida 672 gol va 269 ta assist, «PSJ»da 32+34, «Inter Miami»da 78+39 hamda Argentina milliy jamoasida 114 gol va 62 assist mavjud.
Taqqoslash uchun, Krishtianu Ronaldu hozirga qadar 1213 ta (954 gol + 259 assist) golda qatnashgan va u jami 1298 ta o’yinda maydonga tushgan.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan