fbpx Betguru » Gvardiola: «Dunyo Falastindan voz kechdi. Barchamiz butun xalqning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyib berdik»
Saturday, 22 November 2025
← Go to the news

Gvardiola: «Dunyo Falastindan voz kechdi. Barchamiz butun xalqning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyib berdik»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi yana bir bor Falastinga e’tibor berish kerakligi haqida gapirdi.
Gvardiola: «Dunyo Falastindan voz kechdi. Barchamiz butun xalqning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyib berdik»

Pep Gvardiola Falastindagi vaziyatga e’tibor qaratish kerakligini aytdi.

Seshanba kuni Kataloniya va Falastin milliy jamoalari oʻrtasida oʻyin oʻtkazildi. Uchrashuv tashkilotchilari daromadni Falastinga yordam berish, shu jumladan Gazoni rekonstruksiya qilishni ta’minlash uchun ishlatishga va’da berishdi.

«Bu shunchaki ramziy emas. Bu oʻyin orqali falastinliklar ularga gʻamxoʻrlik qiladigan dunyo borligini koʻrishadi.

Dunyo Falastindan voz kechdi. Biz mutlaqo hech narsa qilmadik. U yerda tugʻilishgani ularning aybi emas. Barchamiz butun xalqning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyib berdik. Zarar allaqachon yetkazilgan va u tuzatib boʻlmaydigan darajada.

Gazodagi genotsidni oqlaydigan odamlarni… Farzandlar oʻsha yerda shunchaki tugʻilgani uchun oʻldirildi. Men dunyo liderlariga ishonmayman. Ular hokimiyatda qolish uchun hamma narsani qilishadi.

Ramziy yordam beradi, ammo bularning barchasida reallik boʻlishi kerak», — dedi «Manchester Siti»ning kataloniyalik ustozasi RAC1’ga bergan intervyusida.

image