fbpx Betguru » Globe Soccer Awards 2025. «Yilning eng yaxshi klubi» uchun nomzodlar e’lon qilindi
Saturday, 22 November 2025
← Go to the news

Globe Soccer Awards 2025. «Yilning eng yaxshi klubi» uchun nomzodlar e’lon qilindi

O’tgan yilgi mukofot egasi «Real Madrid» bu yil nomzodlar safiga kiritilmadi.

Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi klubi nominatsiyasi uchun nomzodlar ro’yxatini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot o’zining X. ijtimoiy tarmog’ida ma’lum qildi.

Bu yilgi mukofot uchun quyidagi klublar kurash olib boradi:

«Al-Ahli», «Barselona», «Bavariya», «Chelsi», «Kristal Peles», «Flamengo», «Inter», «Liverpul», «Napoli», «Nyukasl», «Palmeyras», «Pari Sen-Jermen», PSV, «Piramids», «Sporting», «Tottenhem».

Ma’lumot uchun, o’tgan yili ushbu sovrinni ECHL va La ligani yutgan «Real Madrid» jamoasi qo’lga kiritgandi.

image