fbpx Betguru » «Al Ain Cup». O’zbekiston Eronni penaltilar seriyasida yengib, xalqaro turnir g’olibiga aylandi
Friday, 21 November 2025
← Go to the news

«Al Ain Cup». O’zbekiston Eronni penaltilar seriyasida yengib, xalqaro turnir g’olibiga aylandi

Abduqodir Husonov 70-daqiqada maydondan chetlatildi.

BAAda jahon chempionatiga chiqqan 4 jamoa ishtirok etayotgan xalqaro o’rtoqlik turnirida final bahsi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston milliy jamoasi Eron bilan kuch sinashdi.

Birinchi bo’limda Shomurodov qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Tanaffusdan so’ng Fabio Kannavaro qator o’zgarishlarni amalga oshirdi. 70-daqiqada Abduqodir Husonov maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, asosiy bo‘limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida O‘zbekiston milliy jamoasi ustun kelib, «Al Ain Cup» turnirining g‘olibiga aylandi.

«Al Ain Cup». Final
O’zbekiston — Eron 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:3.
O’zbekiston — Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husonov, Farruh Sayfiev, Otabek Shukurov (Akmal Mozgovoy, 79), Odil Hamrobekov, Aziz G’aniev (Hojimat Erkinov, 64), Oston O’runov (Jamshid Iskanderov, 64), Sherzod Nasrullayev, Eldor Shomurodov, Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov
Eron — Alirizo Biyronvand, Solih Hardani, Majid Husayni, Shojai Xalilzoda, Milod Muhammadni, Said Izzatullohi (Muhammad Gorbani, 10) Saman Quddus, Mahdiy Gayedi, Mahdiy Toremiy, Amirhusayn Husaynzoda, Ali Alipur
Chetlatish: Abduqodir Husonov 70.

image