← Go to the news
21.11.2025
14
Futbol
Robertson Daniyaga qarshi o‘yin haqida: «O‘yinda jamoaviy ruhimizni ko‘rsatdik»
Shotlandiyaliklar Daniyani yengib, AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan mundialga yo‘llanma oldi.
Shotlandiya milliy jamoasi himoyachisi Endryu Robertson JCH-2026 saralashi doirasida Daniya (4:2) ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Bu o‘yinda jamoaviy ruhimizni ko‘rsatdik. G‘alaba yo‘lida jamoamiz hech qachon taslim bo‘lmaydi.
Final hushtagigacha kurashamiz. Bu faoliyatimdagi eng aql bovar qilmaydigan o‘yinlardan biri bo‘ldi. Muhim g‘alabaga erishdik va jahon chempionatiga yo‘llanma oldik», — dedi Robertson.
Eslatib o‘tamiz, shotlandiyaliklar Daniyani yengib, AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan mundialga yo‘llanma oldi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan