«Napoli» prezidenti: «Kontening iste’fosi haqidagi gaplar — ertak»
«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Yakshanba kuni Neapol klubi A Seriyaning 11-turida safarda «Bolonya»ga 0:2 hisobida yutqazdi. Jamoa turnir jadvalida 4-o’ringa tushib ketdi va yetakchi «Inter»dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.
O’yindan so’ng Konte shunday dedi: «Napoli» bu mavsumda 5 marta mag’lubiyatga uchradi. Bu hafa qiladi. Bizda kuch yetishmayapti, bu mening yaxshi ishlamayotganimni yoki jamoada kimdir meni tinglashni xohlamayotganini anglatadi. Men hech qanday bog’lamlar ko’rmayapman; hamma o’zi haqida o’ylaydi. Mas’uliyatni o’z zimamga olaman, lekin o’layotgan odamni qo’llab-quvvatlamoqchi emasman. Biror narsa qilish kerak».
De Laurentis esa X ijtimoiy tarmog’ida shunday dedi: «Kontening iste’fosi haqidagi ertaklarni internetda o’qiyman. Men ijtimoiy tarmoqlarni yaxshi ko’raman, chunki bu — fikrlarni almashishning zamonaviy va tezkor usuli. Lekin, bilasizmi, fikrlar har doim ham to’g’ri yoki umumiy bo’lavermaydi.
Konte bilan men har doim o’zgacha munosabatlarga ega bo’lganmiz. Bu bemaniliklarning barchasini o’qigan muxlislarga aytaman: Men «Napoli» va uning o’yinchilari oldida Antonio Konte kabi hayotining har bir soniyasini o’z kasbi uchun qurbon qilishga qodir haqiqiy inson borligidan faxrlanaman. Bu — hozirgi kunda klubga, futbolchilarga va talabchan muxlislarga berilishi mumkin bo’lgan eng muhim kafolatdir».
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan