Rodrigo «Real»dagidagi holatidan juda norozi. U yanvarda ketishi mumkin
«Real» vingeri Rodrigo jamoasidagi o’rnidan norozilik bildirmoqda va ketish variantini ko’rib chiqmoqda.
Braziliyalik futbolchi bu mavsumda La Liga va Chempionlar Ligasida 13 ta o’yinda (3 marta asosiy tarkibda) maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 359 daqiqa harakat qildi — bu 4 ta to’liq o’yin yoki o’rtacha har bir bahsda 27 daqiqa degani.
ESPN Brasil xabariga ko’ra, Rodrigo hozir yozdagidan ham ko’proq norozilik bildirgan. U Madrid klubini qishki transfer oynasi boshlanishi bilan tark etishi mumkin.
Xabi Alonso qo’l ostida Rodrigoning vaziyati o’zgarishi haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Shuning uchun ham 24 yoshli futbolchi keyingi transfer oynasida ehtimoliy takliflarga ochiq.
Rodrigo Madrid klubini tark etsa, Premer-ligaga o’tishni afzal ko’rishi haqida xabar berilgan. Hozircha rasmiy taklif yo’q. Ammo agar transfer oynasi ochilgungacha futbolchiga chinakam qiziqish paydo bo’lsa, u klub va murabbiylar shtabiga o’z fikrini aytadi.
Avgust oyida Madrid klubi shartnomasi 2028 yil iyungacha amal qiladigan Rodrigoni 80-100 million yevroga baholagan. Unga «Arsenal» va «Bavariya» qiziqish bildirgandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan