Valverde «Real»ning «Liverpul»dan mag‘lubiyati haqida fikr bildirdiFutbol
Valverde «Real»ning «Liverpul»dan mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi
Madridning «Real» klubi futbolchisi Federiko Valverde Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida «Liverpul»ga qarshi o‘yinda (0:1) jamoasi mag‘lub bo‘lgani haqida fikr bildirdi.
«Bu mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin. Biz standart vaziyatda himoyada xatoga yo‘l qo‘yib, uch ochkoni boy berdik. Bu stadionda o‘ynash oson emas. Bizda ham, ularda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Standart holatlarda yaxshiroq himoyalanishimiz kerak», — deya Valverdening so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.
Keyingi turda Angliya chempioni «Liverpul» o‘z maydonida Niderlandiyaning «PSV Eyndxoven» jamoasini qabul qiladi, Madridning «Real»i esa safarda Gretsiyaning «Olimpiakos» klubi bilan bahs olib boradi. Ikkala o‘yin ham 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan