← Go to the news

14.10.2025
310
Futbol
Florian Thauvin Fransiyada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi
O‘tgan oyda u uchta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
Florian Thauvin Fransiyada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi
Fransiyada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.
«Lens» hujumkor yarimhimoyachisi Florian Thauvin Fransiya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Fransiyalik 32 yoshli vinger o‘tgan oyda Fransiya chempionatining uchta o‘yinida qatnashib, bitta gol urdi.
Bu mavsumda Thauvin 7ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Uning jamoasi turnir jadvalida 13 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, Fati Liga 1 tarixida dastlabki 5 ta golini eng tez urgan futbolchiga aylangandi.