← Go to the news

14.10.2025
311
Futbol
Laporta: «Messi bilan munosabatlarimiz asta-sekin tiklanyapti»
«Barsa» prezidenti Leo bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Laporta: «Messi bilan munosabatlarimiz asta-sekin tiklanyapti»
«Barselona» prezidenti Joan Laporta aytishicha, uning klub afsonasi Lionel Messi bilan munosabatlari yana ijobiy ko’rinish olgan.
«Men Messi bilan juda yaxshi munosabatda edim, ammo shartnomani uzaytira olmaganimizda vaziyat keskinlashgan.
Endi esa barcha narsa asta-sekin tiklanyapti. U haqiqatdan ham munosib bo’lgan hurmat-ehtiromni olishiga umid qilaman», — deya Laportaning so’zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.
Argentinalik yulduz «Barselona» safida 2004 yildan 2021 yilgacha to’p tepgan. Shundan keyin u erkin agent sifatida «PSJ»ga o’tgan.