
Argentina va Puerto-Riko milliy jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvi boshqa shaharga ko’chirildi
Chikagoda muhojirlarga qo’yilgan cheklovlar sababli uchrashuv boshqa arenada o’tkazishga qaror qilingan.
Argentina va Puerto-Riko milliy jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvi boshqa shaharga ko’chirildi
Argentina va Puerto-Riko milliy jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvi Chikago shahridan Florida shahriga ko’chirildi. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chikagoda muhojirlarga qo’yilgan cheklovlar joriy etilgani sababli uchrashuvni boshqa arenada o’tkazishga qaror qilingan. Shuningdek, tashkilotchilar chipta savdosi past darajada bo’lgani uchun ham bellashuv joyini o’zgartirishni ma’qul ko’rgan.
Eslatib o’tamiz, Argentina va Puerto-Riko milliy jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik bahsi 13 oktyabr kuni bo’lib o’tadi. Qayd etish lozim, Lionel Skalonining shogirdlari amaldagi jahon chempionlari hisoblanadi.