
JCh-2026 saralashi. Saudiya Arabistoni safarda Indoneziyani magʻlub etdi
Uchrashuvda uchta gol penaltidan kiritildi.
JCh-2026 saralashi. Saudiya Arabistoni safarda Indoneziyani magʻlub etdi
JCh-2026 4-saralash bosqichidan oʻrin olgan Indoneziya va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi va yakunda saudiyaliklar 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 11-daqiqada Kevin Diks tomonidan ochildi. 17-daqiqada Saleh Abu Al Shamat muvozanatni tikladi.
Firas Al Buraykan esa 36 va 62-daqiqalarda gol urib, jamoasining oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada Kevin
Shu tariqa, Saudiya Arabistoni ushbu gʻalabadan soʻng 3 ochko egasiga aylandi.
Ushbu guruhda, shuningdek, «Iroq» ham o’rin olgan. Ochkolar hisobiga koʻra, 1-o’rin mundialga yoʻllanma oladi. 2-o’rin sohibi esa qo’shimcha plef-off bosqichida ishtirok etadi.
JCh-2026 saralashi. 4-bosqich, «B» guruhi
Indoneziya — Saudiya Arabistoni 2:3
Gollar: Diks (pen. 11, pen, 88) — Al Shamat (17), Al Buraykan (pen. 36, 62).