fbpx Betguru » «Vilyarreal» va «Barselona» oʻrtasidagi oʻyinga AQSh mezbonlik qiladi
Monday, 13 October 2025
← Go to the news

«Vilyarreal» va «Barselona» oʻrtasidagi oʻyinga AQSh mezbonlik qiladi

Uchrashuv 20 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
«Vilyarreal» va «Barselona» oʻrtasidagi oʻyinga AQSh mezbonlik qiladi
La Liga rahbariyati 17-tur doirasidagi «Vilyareal» — «Barselona» uchrashuvi 2025 yil 20 dekabr kuni AQShning Florida shtatidagi Mayami shahrida, «Hard Rock Stadium» arenasida o’tkazilishini ma’lum qildi.

Bu qaror Ispaniya futboli tarixida ilk bor chet etda liga oʻyini o’tkazilishini anglatadi.

«Bu uchrashuv — La Liga va butun ispan futbolini yangi bosqichga olib chiqadigan tarixiy qadam. Biz bu qaror ayrim eʼtirozlarga sabab boʻlishi mumkinligini tushunamiz, biroq bu faqat mavsumdagi 380 o’yindan biri, xolos. La Liga butun dunyo boʻylab millionlab muxlislarni birlashtiradi. Ular ham oʻz jamoalarini tirik holda ko’rish imkoniga ega boʻlishlari kerak», — dedi liga prezidenti Xaver Tebas.

Shuningdek, uchrashuv rasmiy translyatsiya huquqiga ega telekanallar orqali jonli efirda namoyish etiladi. Tashkilotchilar tomoshabinlar uchun qo’shimcha media kontent va interaktiv tajribalarni ham taqdim etadi.

«Vilyarreal»ning mavsumiy abonement egalari uchun esa maxsus kompensatsiya chorasi ishlab chiqilgan. Mayamiga borishni istagan muxlislar o’yinni bepul tomosha qilishadi, safarga chiqa olmaydiganlar esa keyingi mavsum uchun abonement narxida 30 foizlik chegirmaga ega boʻladi.

image