← Go to the news

25.09.2025
4643
Futbol
Goal reytingi: Yamal — 2026 yilgi «Oltin to’p»ni yutishga asosiy da’vogar (top-10)
Mukofotning amaldagi sohibi 8-o’rindan joy olgan.
Goal reytingi: Yamal — 2026 yilgi «Oltin to’p»ni yutishga asosiy da’vogar (top-10)
Goal sport portali kelasi yili «Oltin to’p»ni yutishga asosiy da’vogarlar ro’yxatini e’lon qildi.
Birinchi o’rinni «Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal egallab turibdi.
Top-10 quyidagicha:
- Lamin Yamal, «Barselona» (Ispaniya);
- Kilian Mbappe, «Real» (Fransiya);
- Erling Holand, «Manchester Siti» (Norvegiya);
- Harri Keyn, «Bavariya» (Angliya);
- Muhammad Saloh, «Liverpul» (Misr);
- Pedri, «Barselona» (Ispaniya);
- Vitinya, «PSJ» (Portugaliya);
- Usmon Dembele, «PSJ» (Fransiya);
- Ashraf Hakimi, «PSJ» (Marokash);
- Koul Palmer, «Chelsi» (Angliya).
Eslatib o’tamiz, 2025 yilgi «Oltin to’p»ni «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele qo’lga kiritdi.