fbpx Betguru » «Qayrat» — «Real» uchrashuvi uchun barcha chiptalar sotib bo’lindi
Monday, 13 October 2025
← Go to the news

«Qayrat» — «Real» uchrashuvi uchun barcha chiptalar sotib bo’lindi

Mazkur bahs 30 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.
«Qayrat» — «Real» uchrashuvi uchun barcha chiptalar sotib bo’lindi

UEFA Chempionlar ligasi 2-turidan oʻrin olgan «Qayrat» — «Real» oʻrtasidagi bahs uchun barcha chiptalar sotib boʻlindi. Bu haqda Qozogʻiston klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Shuni maʼlum qilamizki, «Qayrat» — «Real» uchrashuvi uchun barcha chiptalar sotib bo’lindi! Stadion hududiga kirish eshiklari 18:45 da, o’yindan uch soat avval ochiladi.

Muxlislarga nazorat jarayonidan bemalol o’tish va tirbandliklardan qochish uchun oldindan kelish tavsiya etiladi. Stadionga kirish uch yo’nalishda amalga oshiriladi: Abay prospekti, Satpayev koʻchasi va Baytursunov ko’chasi tomonidan», — deyiladi klub bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, «Qayrat» — «Real» bahsi 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da Olmaota shahrida joylashgan «Markaziy» stadionda start oladi. Ushbu majmua oʻz bagʻriga 26 mingdan oshiq tomoshabinni sigʻdira oladi.

image