fbpx Betguru » La Liga. Levante — Real 1:4 (videosharh)
Wednesday, 15 October 2025
← Go to the news

La Liga. Levante — Real 1:4 (videosharh)

Mbappe dublni, Vinisius gol va assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Mastantuono debyut toʻpini kiritdi.
La Liga. Levante — Real 1:4 (videosharh)

Ispaniya chempionatida hafta oʻrtasida 6-tur oʻyinlari oʻtkazilmoqda.

Peshqadam «Real» Valensiyada «Levante» bilan bahs yuritib, yirik hisobda gʻalaba qozondi.

Mbappe dublni, Vinisius gol va assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Mastantuono debyut toʻpini kiritdi.

Xabi Alonso jamoasi 100 foizlik koʻrsatkich qayd etmoqda va 18 ochko bilan yakkapeshqadam boʻlib turibdi. «Levante» 4 ochko bilan 16-pogʻonada qoldi.

Turning yana bir bahsida «Vilyarreal» (13) mehmonda «Sevilya»dan (7, 10-oʻrin) ustun kelib, 3-oʻringa koʻtarildi.

La Liga. 6-tur. 23 sentyabr
Levante — Real 1:4
Gollar: Eyon (54) — Vinisius (28), Mastantuono (38), Mbappe (64 penalti, 66).
Levante — Rayan, Tolyen, Dela, Elgezabal, Pampin, Alvares (Morales, 74), Rey, Vensedor (Arriaga, 65), Olasagasti (Brugi, 65), Etta Eyon (Losada, 74), Romero (Koyalipu, 74).
Real — Kurtoa, Asensio, Heysen, Karreras (Alaba, 82), Fran Garsiya, Valverde (Bellingem, 71), Sebalos (Kamavinga, 82), Guler, Mastantuono (Chuameni, 74), Vinisius, Mbappe (Rodrigo, 82).
Ogohlantirishlar: Karreras (54), Elgezabal (58).

Sevilya — Vilyarreal 1:2
Gollar: Sou (51) — Oluvaseyi (17), Solomon (86).

image