
Gvardiola Husanning 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi
Abduqodir «Xaddersfild», «Byornli» va «Monako»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.
Gvardiola Husanning 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi
«Manchester City» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanning 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.
«O‘ylashimcha, Husan 3 ta bahsda bizga yordam bera olmaydi. Hozircha Angliya Liga kubogida uning o‘rniga akademiya futbolchilarini tushirishim mumkin.
Umid qilamanki, Abduqodir APL va Chempionlar Ligasi o‘yinlarida bizga ko‘proq yordam bera oladi», — dedi ispan mutaxassisi.
Shu tariqa, Husan klubining Angliya Liga kubogi doirasidagi «Xaddersfild», APLdagi «Byornli» va Chempionlar Ligasidagi «Monako»ga qarshi bahslarini o‘tkazib yuboradi. U katta ehtimol bilan 5 oktyabr kuni APL doirasida o‘tadigan «Brentford»ga qarshi kechadigan o‘yinga tayyor holatda bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir «Arsenal» bilan kechgan uchrashuvda londonliklar himoyachisi Gabriel bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarohat olib, ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olingan. Avvalroq Gvardiola Husanni Uokerga o‘xshashi haqida gapirib o‘tgan edi.